MAXFIYLIK SIYOSATI
2022 yil 14 Oktyabr yangilandi
Ma’lumotlaringizni qanday to‘plashimiz, saqlashimiz va ulardan qanday foydalanishimiz haqida so‘raladigan umumiy savollar.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni pul evaziga sotamizmi?
Biz ma’lumotlaringizni uchinchi tomonlarga ulashamizmi?
Biz siz ruxsat bergan boshqa kompaniyalardan ma’lumotlar olamizmi?
Biz ma’lumotlaringizdan mahsulotlar bo‘yicha yaxshiroq tavsiyalar berish va sayt bilan ishlashdagi tajribangizni yaxshilash uchun foydalanamizmi?
Biz sizga ma’lumotlaringiz nazoratini beramizmi?
Shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zingiz nazorat qilasiz. Siz huquqingizdan foydalanishingiz va afzal bilgan narsalaringizni o‘zgartirishingiz mumkin.
P&G hisob qaydnomangiz siz ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatga bog‘liq tarzda ma’lumotlaringizga kirish, ularni yangilash yoki ma’lumotlariningizni o‘chirib tashlash imkoniyatini berishi mumkin.
Aks holda siz kirish, o‘chirish, tuzatish, marketingga oid xatlar yoki matnli xabarlar olishdan voz kechish va yoxud e-pochta manzilingiz yoki telefon raqamingizdan reklama maqsadida foydalanishga e’tiroz bildirish uchun bu yerni bosing.
Siz shunday xabarlar bilan birga yuborilgan rad qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qilgan holda, bizdan o‘zingizga elektron xatlar va matnli xabarlarni yuborishni to‘xtatishni ham so‘rashingiz mumkin. Shuni yodda tutingki, siz tanlagan narsalarni hisobga olish uchun muayyan ma’lumotlarni saqlashimiz zarur bo‘lishi mumkin (masalan, agar bizga marketingga oid e-pochta xabarlarini yuborishni to‘xtatishni aytsangiz, ushbu e-pochta manziliga bundan buyon marketingga oid xabarlar yuborilishini istamayotganingizni tizimlarimiz eslab qolishi uchun bizga e-pochta manzilingiz kerak bo‘ladi).
Bundan tashqari so‘rovingizni biz qondira olmaydigan vaziyatlar ham bo‘lishi mumkin (masalan, biz tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlarni saqlashga yoki qallobliklarning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash yoki boshqa narsalar qatori o‘zga kishilarning maxfiyligini himoya qilishga qonuniy haqqimiz bo‘la turib, ularni yo‘q qilish).
Foyda olish ko‘zlangan an’anaviy reklamalarni olishni qanday to‘xtatishingiz mumkinligi to‘g‘risida P&G’ning foyda olish ko‘zlangan reklamalarini to‘xtatish uchun bu yerni bosing yoki saytlarimizdan birortasida AdChoices tasvirchasi ustiga bosishingiz mumkin. Yevropa uchun bu yerni bosishingiz mumkin. Barcha reklama hamkorlarimizdan voz kechganingizga ishonch hosil qiling:
Tapad
TradeDesk
MediaMath
Neustar
Facebook
Amazon
Google
Liveramp
Siz yana brauzeringizdagi cookie fayllarini rad qilgan, odatda ilovalarni o‘rnatishda mavjud bo‘ladigan "ma’lumotlarga kirish huquqini" rad qilgan holda yoki qurilmangizda reklamani kuzatib borish parametrlarini sozlash yo‘li bilan saytlardagi shaxsiylashtirilgan reklamani tarqatishni taqiqlashingiz mumkin. Agar siz e-pochta manzilingiz yoki telefon raqamingizni bizga marketing maqsadlarida bergan bo‘lsangiz, ular orqali shaxsiy qiziqishlaringizga mos reklamalar ham olib turishingiz mumkinligini yodda tuting. Bunday foydalanishdan voz kechish uchun bizga murojaat qiling.
Siz foyda olish ko‘zlangan reklamalardan voz kechgan bo‘lsangiz ham “kontekstual” reklamalarni ko‘raverasiz Biz sizga shaxsiylashtirilgan reklama e’lonlarini yuborishni to‘xtatsak ham siz o‘z kompyuteringiz yoki mobil qurilmalaringizda brendlarimizdan e’lonlar olaverasiz. Bu e’lonlar siz tashrif buyuradigan saytlarning kontekstiga asoslanadi va ular kontekstli e’lonlar deb ataladi. Siz kompyuteringizda yoki mobil telefoningizda tashrif buyuradigan sahifalarga asoslanuvchi shaxsiylashtirilgan reklamadan farq qilgan holda kontekstli e’lonlar — bu siz tashrif buyuradigan aniq bir sayt konteksti asosida sizga ko‘rsatiladigan e’lonlardir. Masalan, siz Internetda bolalarga mo‘ljallangan tovarlarni ko‘ra turib bola parvarishi bo‘yicha tovar brendlarimizdan birining reklamasini ko‘rasiz, chunki bu saytlarga an’anaga ko‘ra asosan yosh ota-onalar yoki yaqinda ota-ona bo‘ladiganlar tashrif buyuradilar. Siz yana shuni bilishingiz kerakki, biz hali ham kompyuteringiz yoki qurilmangizdan ma’lumotlar to‘plashimiz va ulardan veb-saytlarimizning ishlashini baholash, iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish yoki firibgarlikni aniqlash kabi boshqa maqsadlarda foydalanishimiz mumkin.
Cookie fayllarini o‘chirib tashlash voz kechganingizni ham bekor qiladi Siz shaxsiylashtirilgan reklamadan voz kechganingizda biz szning brauzeringizga rad qilishning cookie faylini yuboramiz, u bizga sizning bizdan boshqa shaxsiylashtirilgan reklama e’lonlarini olishni xohlamasligingizdan dalolat beradi. Agar siz barcha cookie fayllarini o‘chirishga qaror qilsangiz, bu rad qilish cookie fayli o‘chiriladi. Bu shuni anglatadiki, agar siz baribir shaxsiylashtirilgan reklamani olishni xohlamasangiz, rad qilish jarayonini qaytadan bajarishingizga to‘g‘ri keladi.
Kirish Yoki O‘chirish Xulq-atvorga oid onlayn reklama uchun foydalaniladigan, o‘z ichiga, masalan, cookie fayllari yoki qurilmalarning identifikatorlari yordamida olishimiz mumkin bo‘lgan va sizga tegishli reklama e’lonlarini yuborishda foydalaniladigan ma’lumotlarni oluvchi shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan kirish yoki o‘chirish so‘rovi yuborish uchun biz bilan bu yerda yerda bog‘laning. So‘rovingizni ko‘rib chiqish uchun sizdan quyidagi identifikatorlardan birini taqdim etishingizni soʻraymiz:
Xizmat ko‘rsatuvchilarimizdan olinadigan cookie fayllaringiz identifikatorlari: Tapad, Neustar, MediaMath va TheTradeDesk.
Mobil reklama identifikatorlaringiz (IDFA va Android ID).
Ulangan TV taʼminotchisi sizga taqdim etgan yagona identifikator boʻlgan TV qurilmangizning reklama identifikatori, masalan, reklama uchun Roku ID.
Agar siz muayyan Nordic saytlarimiz yoki sherik saytlarga kirish orqali ma’lumotlaringizni taqdim etgan bo‘lsangiz, jumladan:
Shaxsiy ma’lumotlar subyektlariga oid huquqingizdan bu yerni bosish orqali foydalanishingiz mumkin.
Biz sizning tadqiqotlarimizda ishtirokingiz vaqtida olishimiz mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan so‘rov yuborish uchun rozilik shaklingizda ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlariga murojaat qiling, qo‘ng‘iroq qiling yoki o‘zingizning marketing tadqiqotlari markazingizga tashrif buyuring.
Agar Kaliforniya shtatida yashayotgan bo‘lsangiz, biz siz haqingizda saqlayotgan ma’lumotlarni kirib ko‘rishingiz, shaxsiy ma’lumotlarga qanday ishlov berishimiz haqidagi tafsilotlarini so‘rab olishingiz, bizdan ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlashni iltimos qilishingiz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni bundan buyon “sotmaslik”ni (“sotish”ga CCPA’da ta’rif berilgani kabi) talab qilishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish va bunday huquqdan foydalanish uchun bu yerni bosing.
Agar siz EEA yoki Buyuk Britaniyada yashasangiz yoxud EEA yoki Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan bo‘lsangiz, bizda siz haqingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga kirishingiz, aniq bo‘lmagan, eskirgan yoki bundan buyon kerak bo‘lmaydigan ma’lumotlarning tuzatilishi, o‘chirilishi yoki cheklanishini talab qilishingiz va bizdan ma’lumotlaringizni boshqa xizmat provayderiga o‘tkazishingizga imkon beruvchi formatda taqdim etishimizni so‘rashingiz mumkin. Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashda biz sizning roziligingizga tayanadigan joylarda istalgan vaqtda roziligingizni chaqirib olishingiz mumkin. Va qayta ishlash bizning qonuniy manfaatlarimizga asoslanadigan hollarda (bu bizning ma’lumotlardan foydalanish uchun sababga egaligimizni anglatadi) shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin (bu bizdan ularni qayta ishlashni to‘xtatishni so‘rashingizni anglatadi).
So‘rov berish uchun bu yerni bosing.
Agar siz ma‘lumotlarni himoya qilish va umuman shaxsiy ma‘lumotlarga oid huquqlaringiz to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar olishni xohlasangiz, Yevropa Ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha nazoratchining https://edps.europa.eu/data-protection/ yoki Buyuk Britaniyaning Axborot komissari ofisi saytiga https://ico.org.uk kiring. Agar siz talabingizga javobimizdan qoniqmagan bo‘lsangiz, mamlakatingizdagi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli organga shikoyat qilishingiz mumkin.
Procter and Gamble España SA Ispaniyaning ma’lumotlarni ro‘yxatga olish agentligida rasman ro‘yxatdan o‘tgan “Ma’lumotlarni AUTOCONTROL’da himoya qilish bo‘yicha axloq kodeksi”ga rioya qiladi, shuning uchun unga saytda qiziqqan odamlar uchun mavjud bo‘lgan hamda ma’lumotlarni himoyalash va reklama bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayta ishlashga oid shikoyatlarni ko‘rib chiqishning suddan tashqari tizimi qo‘llaniladi www.autocontrol.es.
Agar siz professional stomatolog bo'lsangiz va https://www.dentalcare.com kabi advokatlik dasturlaridan biri orqali o'zingiz haqingizda ma'lumot bergan bo'lsangiz, mahalliy P&G vakili bilan bog'laning yoki Oral-B orqali murojaat qiling.
Barcha brendlar singari biz siz biz bilan o‘zaro aloqada bo‘lganingizda yoki ulashishingiz mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni almashganingizda, ularni to‘playmiz. Biz buni huquqlaringizni himoya qilish uchun hurmat va ehtiyotkorlik bilan amalga oshiramiz. Ma’lumotlar sizni iste’molchi va shaxs sifatida yaxshiroq tushunib olishda yordam berishi mumkin. Sizga yaxshiroq mahsulotlar, xizmatlar va tajribani taqdim etish uchun qo‘limizda mavjud ma’lumotlardan alohida foydalanishimiz yoki ularni birlashtirishimiz mumkin.
Biz siz haqingizdagi ma’lumotlarni turli joylardan ko‘pgina usullarda to‘playmiz. Biz to‘playdigan ma’lumotlardan ayrimlari sizni tanitishda foydalanish mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin; masalan, ismingiz, elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz yoki pochta manzilingiz. EEA’dagi va Buyuk Britaniya kabi ayrim mamlakatlar yoki Kaliforniya kabi shtatlarda IP-manzil yoki cookie fayli va mobil qurilma identifikatorlari kabi narsalar ham shaxsiy ma’lumotlar deb hisoblanadi.
Yodda tuting: Biz Sizga eng yaxshi mahsulotlar, xizmatlar va yuqori xizmat ko‘rsatish sifatini taqdim etish uchun siz to‘g‘ringizda to‘playdigan barcha ma’lumotlarni birlashtirishimiz mumkin.
Siz saytlarimiz yoki mobil ilovalarimiz orqali hisob qaydnomasi ochish uchun ro‘yxatdan o‘tayotgtaningizda yoki telefon va yoxud elektron pochta orqali biz bilan bog‘lanayotganingizda, shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etasiz. Biz Sizdan ismingiz, elektron pochta manzilingiz yoki pochta manzilingiz, tug‘ilgan sanangiz, to‘lov ma’lumotlari, yoshingiz, jinsingiz, oilangizdagi kishilar soni hamda bizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqidagi ma’lumotlarni Sizga, masalan, Sizning uy manzilingizga, elektron pochta manzilingizga yoki matnli xabar orqali yuborishimizni xohlashingiz yoki yo‘qligi kabi ma’lumotlarni bizga taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin.
Biz Siz saytlarimizga tashrif buyurganingizda, e’lonlarimizni ko‘rganingizda yoki mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda ma’lumotlarni avtomatik tarzda to‘playdigan texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, biz sizning qanday brauzerdan va operatsion tizimdan foydalanishingiz, IP-manzilingiz, siz tashrif buyuradigan veb-sahifalar, siz o‘tgan havolalarni hamda xatimizni ochganingiz yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish uchun cookie fayllaridan (kompyuteringiz brauzerida saqlanuvchi kichkina fayl) foydalanamiz.
Sizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun biz telefoningizdan (mobil ilovalarimizdan foydalanilgan hollarda) va uyingizdagi "aqlli" qurilmalardan ma’lumotlar to‘plovchi texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Ilovani yuklab olishda va Internetga ularnuvchi maishiy qurilmalarni o‘rnatishda bunday ma’lumotlarni berishga rozi bo‘lasiz. Bu ma’lumotlar mobil telefoningiz yoki qurilmaning boshqa identifikatori, telefoningiz operatsion tizimi, siz tomoningizdan bunday ilovadan yoki qurilmadan foydalanilishi hamda joylashgan joyingiz haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olishi mumkin. Telefoningizda yoki qurilmada siz suzib chiquvchi bildirishnomani olasiz, u sizga biz tomonimizdan sizning aniq geolokatsiyangizni (siz joylashgan yoki Internetga kiradigan joy) aniqlashimizga ruxsat berish yoki rad qilishga imkon beradi.
Biz kompaniyalar bizga beradigan yoki sotadigan ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, siz telekommunikatsiya xizmatlarini olish yoki chakana savdo do‘konlari uchun sodiqlik bo‘yicha bonus dasturida qatnashishdagi yozishmalarda boshqa kompaniyaning bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni berishiga rozilik berasiz. Biz yana ma’lumotlarni siz bunday ma’lumotlarning hammabopligini biladigan joylardan, masalan, internet-xabarlar, bloglardagi yozuvlar yoki ijtimoiy tarmoq saytlaridan ham to‘plashimiz mumkin. Biz yana ma’lumotlarni hammabop ma’lumotlar bazasidan (tegishli mahalliy qonun talablariga muvofiq) yoki siz bunday ma’lumotlardan foydalanishingizga, jumladan, ma’lumotlaringizdan biz foydalanishimizga ham rozilik berishingiz bilan ma’lumotlarni olgan holda o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘plash va jamlash bilan shug‘ullanuvchi iste’molchilar ma’lumotlarini qayta sotuvchi boshqa kompaniyalardan ham olishimiz mumkin. Bular daromad darajangiz, yoshingiz, jinsingiz, oilangiz a’zolarining soni va siz internetda yoki yaqin-atrofdagi do‘konlardan xarid qiladigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.
Biz ma’lumotlardan maqsadlarimiz — butun dunyo bo‘ylab siz kabi kishilarning hayotiga ta’sir qilish va uni yaxshilashga erishish uchun foydalanamiz.
Masalan, biz siz haqingizdagi ma’lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:
Sizga xizmatlar ko‘rsatish
Sizni turli marketing dasturlarimiz va veb-saytlarimizda tanib olish va haqiqiyliginizni tekshirish
Sizning ma’lumotlar olish to‘g‘risidagi savollaringiz yoki talablaringizga javob qaytarish
Mijozlar xizmatini ko‘rtsatish
Tranzaksiyalarga oid xabarlar (bank hisobidan ko‘chirmalar yoki tasdiqnomalar kabi) yuborish
Marketing xabarlari, so‘rovnoma va taklifnomalar jo‘natish
Bizdan sotib olayotgan mahsulotlaringiz uchun to‘lovingizni qayta ishlash
Qoplab berishlar va yig‘imlarni qayta ishlash
Sizga o‘zingiz so‘ragan mahsulot yoki namunalarni yuborish
P&G saytingizni yoki ilova parametrlarini boshqarishda sizga yordam berish
Tanlovlar yoki lotereyalarda qatnashishingizga ruxsat berish
Ijtimoiy tarmoqlarda siz bilan muloqot qilish
Qiziqishlaringiz va afzalliklaringizni yaxshiroq tushunib olish hamda sizga va siz kabi boshqalarga tegishli takliflar va aloqa vositalari bilan xizmat qilish
Sizga mos reklamalarni taqdim etadi va boshqalarga esa o‘xshash auditoriyalar orqali mos reklamalarni ko‘rsatadi. Masalan, agar siz AQShdagi kir yuvish vositalarining marketingga oid e-pochta xabarlariga obuna bo‘lsangiz, biz Fransiyada Facebook’dagi heshlangan e-pochta manzilingizni yuklashda Facebook talqiniga ko‘ra sizga “o‘xshash” bo‘lgan iste’molchilarni topish va ularga ham Facebook’dagi reklamani ko‘rsatish uchun yordam berishimiz mumkin.
Biz yana ma’lumotlaringizdan quyidagi ichki biznes maqsadlarida ham foydalanamiz:
Sifat nazorati, trening va tahlil
Xavfsizlikni saqlash va tekshirish
Tizim va texnologiyalarni boshqarish, jumladan, veb-saytlarimiz va ilova dasturlarimizni optimallashtirish
Xavfsizlik maqsadlari, jumladan, tahdidlarni aniqlash hamda zararli va qalloblik xatti-harakatlaridan himoya qilish I
Iste’molchilar bilan hisob-kitob yuritish va audit, jumladan, tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir qismi sifatida saqlanadigan jurnallar va yozuvlar borasida muloqot qilish
Xatarlarni boshqarish, audit, surishtiruvlar, hisobot hamda boshqa qonuniy va muvofiqlik sabablari
Shaxsiy ma’lumotlaringizdan sizni yaxshiroq tushunish uchun foydalanishimiz ham mumkin, jumladan:
Ichki tadqiqotlar uchun
Iste’molchilarimizni xursand qiladigan mahsulotlar, xizmatlar va dasturlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish
Istiqbolli iste’molchilarni aniqlash
Biz yana moliyaviy rag‘batlanitish, mukofotlash, chegirmalar (masalan, narxlar yoki xizmatlarga kuponlar) berish va sodiqlik dasturlarini (umumiy qilib “Mukofot dasturlari” deb ataladi) boshqarish va qo‘llab-quvvatlash uchun ma’lumotlaringizni to‘playmiz va ulardan foydalanamiz, jumladan, uchinchi tomonlar bergan ma’lumotlardan (masalan, “Do‘stga tavsiya qilish” dasturidan) ham foydalanamiz. Biz siz bergan ma’lumotlardan ushbu dasturlarda kimligingizni aniqlash, o‘ziga xos mukofotlar taklif etish, dasturingiz holatini kuzatib borish hamda mahsulotlar, reklama materiallari, o‘quv seminarlari va boshqa narsalar uchun dasturlar bandlarini almashishni osonlashtirish uchun foydalanamiz. Agar siz Mukofotlar daturlarimizda qatnashishga rozilik bersangiz, ushbu Maxfiylik siyosatidagi kontakt ma’lumotlaridan foydalangan holda biz bilan bog‘lanib yoki Mukofotlar dasturining tegishli shartlari va qoidalarida belgilangan ko‘rsatmalarga ko‘ra o‘sha rozilikni istalgan vaqtda bekor qillishingiz mumkin. Biz Mukofotlar dasturlarimiz qatnashchilaridan olgan yoki ularga tegishli ma’lumotlardan istalgan maqsaqlar uchun yoki ushbu Maxfiylik siyosatida bayon qilingan boshqa har qanday usul orqali foydalanishimiz mumkin. Biz Kaliforniya shtatining “Iste’molchilar shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi to‘g‘risida”gi (“CCPA”) qonuniga asosan Mukofotlar dasturlari uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz qiymatini qanday hisoblab chiqishimiz xususida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun
bosing.Cookie fayllari siz internet tarmog‘ini kezayotganingizda kompyuteringizga yuboriladigan kichik fayllardir. Ular siz o‘zingiz kirgan veb-saytlar bilan qanday muloqot qilganingiz haqidagi foydali ma’lumotlarni saqlaydi. Cookie fayllari kompyuteringiz, qurilmangiz yoki fayllaringizda saqlanayotgan hech qanday ma’lumotlarni to‘plamaydi. Cookie fayllarida sizni shaxs sifatida tanib olish mumkin bo‘lgan hech qanday ma’lumot mavjud emas. Cookie fayllari kompyuteringiz va qurilmangizni hech qachon, masalan, Karim A. Salimov qabilida emas, tasodifan berilgan raqam va harflar (masalan, ID cookie ABC12345) sifatida ko‘rsatadi.
Biz cookie fayllaridan quyidagi kabi bir necha maqsadlarda foydalanamiz:
tegishli reklamani taqdim etish
Sizning P&G kompaniyasi ma’lumotlari bilan qanday o‘zaro aloqa qilishingiz haqida ko‘proq bilish
veb-saytlarimizga tashrif buyurganingizda tajribangizni yaxshilashimizga yordam berish
til va mintaqa kabi Sizning afzalliklarini eslab qolish, bu har bir tashrif buyurish vaqtida veb-saytni sozlash zaruriyatini istisno qilishga imkon beradi
xatolarni aniqlash va bartaraf qilish
veb-saytlarimizning qanchalik darajada samarali ekanligini tahlil qilish
Qat’iy zarur Ushbu cookie fayllari sahifani yuklash imkonini beradi yoki ayrim funksiya bilan ta’minlaydi, busiz sahifa ishlamaydi (masalan, ma’lumotlaringizni xarid savatida saqlash).
Ekspluatatsiya cookie fayllari Cookie fayllari saytlarga yana ularga qaytganingizda siz nimalarni ma’qul ko‘rishingizni eslashga imkon beradi. Masalan, agar siz birinchi tashrif buyurishda saytni fransuz tilida ko‘rsatishni tanlasangiz, keyingi safar saytga qaytganingizda sayt avtomatik ravishda fransuz tilida ko‘rsatiladi. Shunday qilib har safar til bo‘yicha afzal ko‘rilgan variantni tanlashingiz shart bo‘lmaydi, bu esa saytdan foydalanishni oson va samarali qiladi.
Reklama cookie fayllari Bu cookie fayllaridan umumiy holda afzal ko‘rganlaringiz haqida, masalan, siz tashrif buyuradigan veb-saytlar va siz xarid qiladigan mahsulotlar haqida bilish uchun foydalanish mumkin. Bu sizning yoshingiz, oilaviy holatingiz va nechta farzandingiz borligi haqida bilishimizga ham yordam beradi. Bu ma’lumotlar sizga yaxshiroq darajada mos keluvchi yoki ko‘proq yoquvchi mahsulotlar va xizmatlar reklamasini yuborishimizga imkon beradi. Bu bitta reklamaning takrorlanishlar sonini cheklashimizga ham imkon beradi.
Tahlil cookie fayllari Bu cookie fayllari veb-saytlarimizning qanday ishlashini bilishimizga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda saytlarimizning unumdorligini monitoring qilish uchun biz Google Analytics xizmatining analitik cookie fayllaridan foydalanamiz. Google Analytics to‘plagan saytlarimizga kirishingiz haqidagi ma’lumotlardan foydalanish va ularni uzatish imkoniyatimiz Google Analytics Foydalanish shartlari va Google Maxfiylik siyosati bilan cheklangan.
Siz brauzeringizni barcha cookie fayllarini o‘chirib qo‘yish yoki kompyuteringizga cookie faylini yuborishda bu haqida xabar qilishga sozlashingiz mumkin. Biroq bu saytlarimiz yoki xizmatlarimizning ishlashiga xalaqit berishi mumkin. Siz o‘z brauzeringizni o‘zingiz ko‘rishni yakunlagandan keyin cookie fayllarini o‘chirib tashlashga sozlashingiz ham mumkin.
Siz hamkorlarimizning saytlariga tashrif buyurganingizda biz sizga o‘zimiz siz ko‘rishni xohlaydi, deb o‘ylagan reklama yoki boshqa kontentni ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, agar siz bolalar kiyimlari yoki maktab o‘quv qurollari sotiladigan saytlarga tashrif buyursangiz, siz Tide® kir yuvish kukuni reklamasini olishingiz mumkin. Bu ma’lumotlardan biz sizning farzandlaringiz bor va shuning uchun ham sizni kir yuvish uchun samarali vositalar qiziqtirishi mumkin, degan xulosa chiqarishimiz mumkin. Shunday qilib bizning maqsadimiz — sizga siz uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarimiz haqidagi tegishli ma’lumotlarni yuborishdan iborat.
Biz o‘xshash qiziqishlarga ega iste’molchilar guruhlari tajribasidan o‘qib-o‘rganamiz Biz sizni bir xil qiziqishlarni namoyon qiluvchi iste’molchilarning ma’lum guruhiga joylashtirishimiz mumkin. Masalan, agar siz internetda tez-tez soqol olish uskunalari xarid qilsangiz, biz sizni "soqol olish uskunalari ishqibozlari" guruhiga qo‘shishimiz mumkin yoki agar biz sizni onlayn-kuponlardan foydalanishingiz yoki chegirmalar yoxud arzon sotuvlarni izlashingizni payqasak, siz "foydali xaridlar sevuvchisiga" aylanishingiz mumkin. Biz siz haqingizdagi bunday ma’lumotlarni veb-sahifalarga kirganingizda, saytlarimizdagi havolalar bo‘ylab o‘tganingizda, boshqa veb-saytlarga tashrif buyurganingizda, mobil ilovalardan foydalanganingizda yoki elektron xatlarni o‘qiganingizda va ulardagi havolalarni bosganingizda to‘playmiz. Biz onlayn va/yoki oflayn rejimda o‘xshash tarzda harakat qiluvchi iste’molchilar guruhining umumiy moyilliklari, odatlari va xususiyatlari haqida bilish uchun cookie fayllari bilan qurilmalar identifikatorlarini birlashtiramiz. Shunday qilgan holda biz ularga fikrimizga ko‘ra ular uchun dolzarb va foydali bo‘lgan mahsulotlar va ma’lumotlarni yuborgan holda guruhda mavjud bo‘lgan iste’molchilarga "o‘xshash" bo‘lgan boshqa ko‘pgina iste’molchilarni topishimiz va ularga xizmat ko‘rsatishimiz mumkin.
Biz boshqa ma’lumotlarni cookie fayllaringiz va qurilmangiz identifikatorlariga bog‘laymiz Sizning cookie fayllaringiz va qurilmalaringiz identifikatorlari boshqa ma’lumotlar, masalan, siz oflayn tarzda xarid qiladigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar yoki o‘zingiz saytlarimizda qayd hisobini yaratganingizda bizga bevosita taqdim etgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi mumkin. Biz odatda buni sizning shaxsingizni bevosita tanitmaydigan usulda amalga oshiramiz. Masalan, biz cookie fayli identifikatori ABC12345 ning veb-saytga tashrif buyurishlar, yosh, jins va xaridorlik odatlari asosida soqol olish uskunasi ishqibozlari guruhiga tegishli ekanligini bilishimiz mumkin, biroq bu odamning ismi yoki manzilini yoxud uning shaxsini tanitishi mumkin bo‘lgan boshqa biror-bir ma’lumotni bila olmaymiz. Agar biz cookie fayllari yoki qurilmalar identifikatorlari (veb-sahifalar va ilovalarni ko‘rish tarixi) haqidagi shaxsan sizning ma’lumotlaringizni tanib olishni xohlasak, biz doimo bunga sizning roziligingizni so‘raymiz.
Biz sizni barcha kompyuter, planshet, telefon va qurilmalaringiz orqali bilib olishimiz mumkin Biz cookie fayli identifikatori ABC12345 ning o‘sha odam tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoki EFG15647 qurilma identifikatoriga ega bo‘lgan mobil telefon bilan bitta uyga o‘rnatilgan kompyuter ekanligini bilishimiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, siz o‘z noutbukingizda tagliklar izlashingiz, Google qidiruvi natijalaridagi biz homiylik qiladigan havolaga bosishingiz, keyin esa mobil telefoningizda bizning Pampers® tagliklarimiz reklamasini ko‘rishingiz mumkin. Masalan, ularning har kuni bir vaqtda bitta Wi-Fi tarmoqqa ulanishlari tufayli biz berilgan kompyuter va telefonga aynan bitta odam egalik qiladi, deb faraz qilishimiz va shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Bitta odam yoki oilaning qanday qurilmalardan foydalanishini tushinish bitta reklamani sizning barcha qurilmalaringizda takrorlashlar sonini cheklashimizga yordam beradi. Bu muhimdir, chunki shu yoʻl orqali biz sizga bitta reklamani ko‘p marta yuborganimizda jahlingiz chiqmaydi va biz o‘zimizga kerakli bo‘lmagan bunday takrorlanuvchi e’lonlar uchun to‘lamaymiz.
Manzilli reklama Siz saytlarimiz yoki ilovalarimiz orqali bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etganingizda o‘zimiz sizga yoqishi mumkin deb o‘ylagan reklamalarni sizga ko‘rsatish uchun o‘sha ma’lumotlarni shifrlashdan – yoki almashtirilgan identifikatordan foydalanamiz. Odatda biz buni bozoringiz uchun dolzarb bo‘lgan va siz reklama sohasini taklif qiluvchi platformada (mas., Facebook, YouTube, Instagram, TikTok kabi) bizga taqdim etgan bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz yoki mobil reklama identifikatoringizning shifrlangan nusxasini yuklash orqali qilamiz. Ochiq veb deb ataluvchi platforma orqali sizga reklamalarni ko‘rsatish uchun ham biz o‘sha ma’lumotlardan foydalanamiz. Bu sizning saytlar, ilovalar yoki o‘z reklama resurslarining onlayn auksionlarida qatnashuvchi raqamli televideniye kabi boshqa joylarda bizdan tegishli reklamalarni ko‘rishingiz mumkinligini anglatadi.
Kengaytirilgan moslashtirish Saytlarimizdan ayrimlari Ijtimoiy tarmoq platformalari tomonidan ularning reklama beruvchilariga taklif etiluvchi Kengaytirilgan moslashtirish xususiyatidan foydalanadi (Mas.Facebook’ning Kengaytirilgan moslashtirish, TikTok’ning Kengaytirilgan moslashtirish va hok.). Kengaytirilgan moslashtirish xususiyati orqali biz siz saytimizdagi shakl kataklari orqali kiritadigan ma’lumotlarni (masalan, ismingiz, elektron pochta manzilingiz yoki telefon raqamingiz, ya’ni maxfiy yoki maxsus ma’lumotlar toifasi boʻlmagan ma’lumotlar) shifrlangan xeshlangan formatda Facebook’ga yuboramiz yoki Facebook pikseli sizni brauzer cookie fayllaringiz yoki qurilma ID’ingiz bilan bogʻlash uchun ma’lumotlarni avtomatik tarzda shifrlaydi va tortib oladi. Biz bu ishni tegishli Ijtimoiy tarmoq platformalaridagi reklamamizni yaxshiroq yoʻnaltirish va uning samaradorligini oʻlchash uchun amalga oshiramiz. Shu orqali agar biz sizga berilgan Ijtimoiy tarmoq platformasi orqali reklama qilsak, siz uni ochganingizni, saytimizga kirganingizni va biror narsa xarid qilgan yoki qilmaganingizni bilamiz va shu orqali o‘sha Ijtimoiy tarmoq platformasi reklamalarini sotib olishda davom etish yoki davom etmaslikni oʻylab koʻramiz.
Yaqinlikka asoslangan mayoqlar Mayoqlar siz o‘z telefoningizga o‘rnatadigan mobil ilovalarga yaqin masofalardan bir tomonlama signallar yuboradi va ular, masalan, ushbu do‘konda qaysi mahsulotlarning arzonlashtirilgan narxlarda sotilayotgani haqida xabar qiladi. Mayoqlar ma’lumotlarni faqatgina yetarlicha yaqin masofadan va siz aniq bir mayoq bilan bog‘liq bo‘lgan mobil ilovada o‘z roziligingizni berganingizdan keyin uzatadi. O‘z navbatida ilovalar reklamani siz uchun maxsus tarzda moslashtira olishimiz uchun bizga siz joylashgan joy haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin. Masalan, siz supermarketdagi teri parvarishi tovarlari bo‘limidagi mayoq yonida bo‘lganingizda biz sizga 4 dollar chegirmali kupon yuborishimiz mumkin.
Piksellar Bu veb-sahifaga ichki qurilgan kichkina ko‘zga ko‘rinmas obyektlardir. Ular yana "teglar", "veb-qo‘ng‘izchalar" yoki "pikselli gifkalar" nomlari bilan mashhur. Biz piksellardan cookie fayllarini kompyuteringizga yetkazib berish, veb-saytimizdagi faollikni kuzatib borish, saytlarimizda ro‘yxatdan o‘tishni osonlashtirish hamda onlayn-marketing uchun foydalanamiz. Biz sizning ularni ochishingizni aniqlash uchun piksellarni elektron pochta orqali reklama xabarlarimiz yoki axborot byulletenlarga kiritamiz.
Mobil qurilma identifikatorlari va SDK’lar Biz mobil ilovalarimizdagi dastur kodidan cookie fayllari Internetda ma’lumotlarni to‘plagani kabi ma’lumotlarni to‘plash uchun foydalanamiz. Bu ma’lumotlar, jumladan, mobil qurilmangiz identifikatorlari (IDFA iOS identifikatorlari va Android OT dagi reklama identifikatorlari) va ilovalarimizdan qanday foydalanishingiz haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Cookie fayllari kabi siz ilovamizdan foydalanganingizda biz avtomatik ravishda to‘playdigan qurilmangiz haqidagi ma’lumotlar hech qachon sizning shaxsingizni tanitmaydi. Qurilmangiz faqat raqamlar va harflarning tasofidiy to‘plami sifatida (masalan, reklama identifikatori EFG4567) ko‘rsatiladi va hech qachon Karim A. Salimov kabi ko‘rinishda ko‘rsatilmaydi.
Aniq geolokatsiya Siz mobil ilovalardan foydalanganingizda biz global joylashtirish tizimi (GPS) koordinatalari (uzunlik va kenglik) yordamida aniq joylashgan joyingiz haqidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Mobil telefoningiz yoki qurilmangizda siz joylashgan joyni biz tomonimizdan aniqlashga ruxsat berishingiz yoki rad qilishingizga imkon beruvchi qalqib chiquvchi bildirishnomani olasiz. Siz bizning har doim ham sizning qayerda joylashganligingiz (shahar, pochta indeksi yoki viloyat) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun sizning ruxsatingizni so‘rayvermasligimizni tushinishingiz kerak. Masalan, agar biz sizning Filippinning Malina shahrining qayeridadir ekanligingizni bilsak, biz buni joylashgan joyning aniq aniqlanishi, deb hisoblamaymiz.
Plaginlar Veb-saytlarimizda boshqa kompaniyalarning, jumladan ijtimoiy tarmoqlarning plaginlari mavjud bo‘lishi mumkin. Plaginga misol bo‘lib Facebook tarmog‘ining "Yoqtirish" tugmasi hisoblanadi. Ushbu plaginlar ma’lumotlar (masalan, siz tashrif buyurgan sahifaning URL manzili) to‘plashi va ularni yaratgan kompaniyaga qaytarib yuborishi mumkin. Bu siz hattoki plaginga bosmagan hollaringizda ham yuz berishi mumkin. Garchi ular bizning saytlarimizda ko‘rinsa ham bu plaginlar ularni yaratgan kompaniya maxfiylik siyosati va shartlari bilan boshqariladi. Ushbu ma’lumotlarni to’plash va uzatish maqsadida biz EEA va Buyuk Britaniyadagi saytlarimiz uchun ushbu ma’lumotlar nazoratchisi sifatida harakat qilamiz. Bunday plaginlar muhim bo‘lmagan cookie-fayllardir va siz cookie-fayllarini qabul qiladigan hollarda ular faqat EEA va Buyuk Britaniyadagi saytlarimizda ishlaydi.
Loginlar Veb-saytlarimiz boshqa kompaniyadagi qayd yozuvidan foydalangan holda, masalan, "Facebook orqali kirish" bilan avtorizatsiyadan o‘tishga imkon beradi. Bunday qilganingizda bizda faqat o‘zingiz rozilik bergan va boshqa kompaniya resursidagi (kirish uchun foydalaniluvchi) qayd yozuvingiz sozlamalaridan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarnigina ko‘rish huquqi bo‘ladi.
Foydalanuvchi kontenti P&G kompaniyasining ayrim veb-saytlarida va ayrim ilovalarida foydalanuvchilar tanlovlar, bloglar, videoroliklar kabilar uchun o‘z kontentlarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuni yodda tutingki, siz yuboradigan yoki chop qiladigan har qanday ma’lumot hammabop bo‘lib qoladi. Biz siz saytlarimiz va ilovalarimizga yuboradigan kontentdan boshqalarning qanday foydalanishlari mumkinligi ustidan nazoratni amalga oshirmaymiz. Biz bunday foydalanishning ushbu maxfiylik siyosati, qonunchilik yoki sizning shaxsiy maxfiyligingiz va xavfsizligingizni buzishi mumkinligi uchun javobgarlikni zimmamizga olmaymiz.
Havolalar P&G saytlarida nazoratimiz ostidan tashqarida bo‘lgan boshqa saytlarga havolalar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu saytlarning faoliyati ularning o‘z maxfiylik siyosatlari va shartlari bilan tartibga solinadi.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni birovlarga ulashish bilan shug‘ullanmaymiz va bu ishni shaxsiy hayotingiz daxlsizligi himoyalangan kamdam-kam vaziyatlarda qilamiz.
Sizning ruxsatingiz bilan ular biz sizni qiziqtirishi mumkin, deb hisoblaydigan takliflari, reklama aksiyalari yoki mahsulotlari yoxud xizmatlari haqidagi e’lonlarini sizga yubora olishlari uchun sizning ma’lumotlaringizni tanlangan hamkorlarimiz bilan baham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Pampers® kabi tagliklarimizni ishlab chiqaruvchi brendlarimizdan P&G elektron xatlarini oluvchi kishilar yana boshqa kompaniyalar ishlab chiqarayotgan bolalarning ovqatlanishi uchun aralashmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga rozilik berishi mumkin.
Veb-saytlarimiz va ilovalarimiz sizga mos reklama e’lonlari va takliflarni taqdim etishimizga yordam berish uchun xos identifikatorlar, ko‘zda tutilgan va olingan ma’lumotlar, onlayn va texnik ma’lumotlar va geolokatsiya ma’lumotlarini onlayn platformalar va reklama texnologiyalari kompaniyalari bilan baham ko‘rishlari mumkin. Biz doimo o‘zimizning shunday qilishda rozilik va/yoki rad qilishni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan tegishli qonun talablariga amal qilishimizni kafolatlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni P&G’dan tashqaridagi sotuvchilarga pul kompensatsiyasi evaziga sotmaymiz. Agar siz Kaliforniya shtatida istiqomat qilayoytgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi maxfiylik siyosatining
bo‘limiga qarang.Biz ma’lumotlaringizni xizmat ta’minotchilari bilan bo‘lishishimiz mumkin, ular bizga biznesimizni yuritishda, jumladan, saytlarimiz hostingi, sizga elektron xatlar va marketing xabarlari yuborish, biz to‘playotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, bizga savdo atributlari bilan ko‘maklashish (masalan, biz sizga reklamani ko‘rsatganimizdan, so‘ngra siz bizdan tovar xarid qilganingizdan xabar topish) va siz iltimos qilgan mahsulotlarni sizga jo‘natish va xizmatlarni ko‘rsatishda yordam beradi. Biz ma’lumotlaringizni yana yuristlar, auditorlar, maslahatchilar, axborot texnologiyalari va xavfsizlik firmalari hamda bizga xizmat ko‘rsatayotgan boshqalar bilan bo‘lishamiz. Biz faqat bu kompaniyalarga biz ularga topshiradigan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan shaxsiy ma’lumotlarnigina beramiz. Ular ma’lumotlaringizni himoya qilish bo‘yicha biz zimmamizga oladigan majburiyatlar bilan bir xil majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi va bunday ma’lumotlarni boshqalarga bermaydi va bizga xizmat ko‘rsatishdan boshqa maqsadda ulardan foydalanmaydi. Ushbu Maxfiylik siyosati so‘nggi marta yangilanishigacha bo‘lgan 12 oylik davr mobaynida biz yuqoridagi “
” bo‘limida ro‘yxati keltirilgan barcha toifalarga oid ma’lumotlarni biznes yuritish xususiyatlari talabidan kelib chiqib, uchinchi tomonlarga biznes maqsadlarida ochiqlashimiz mumkin edi.Ayrim saytlarimiz orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar uchinchi tomon sotuvchisining onlayn to‘lov tizimi yordamida bajariladi. P&G sizning xaridlar uchun taqdim etilgan kredit kartangiz ma’lumotlariga kirish huquqiga ega emas hamda ushbu uchinchi tomon tizimlari orqali qilgan xaridlaringizning bir qismi sifatida kredit kartangiz haqidagi ma’lumotlarni saqlamaydi yoki oshkor etmaydi. Siz onlayn tizimimizga taqdim etadigan shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlar uchinchi tomonning maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari bilan tartibga solinadi hamda biz sizga har qanday shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishdan oldin o‘sha siyosatlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz. P&G ayini paytda uchinchi tomonlarning elekron tijorat platformasi sifatida PayPal va Braintree tizimlaridan foydalanadi.
Agar siz shaxsiy ma’lumotlaringizni bergan biror-bir brendimiz yoki korxonamiz boshqa kompaniyaga sotilsa, sizning ma’lumotlaringiz bu kompaniyaga beriladi. Natijada sizning qayd yozuvingiz va undagi shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chirilmaydi, siz bunday yangi kompaniyaga ularni o‘chirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qiladigan hollar bundan mustasno. Biz yana sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni huquqlarimiz va mulklarimizni himoya qilishda yordam beruvchi kompaniyalarga yoki bu qonunchilik yoki davlat organlari talab qilgan hollarda ham berishimiz mumkin.
Biz dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ko‘plab mahsulotlar ishlab chiqarayotgan va ko‘pgina bizneslari bor yirik kompaniya sifatida barcha iste’molchilarimizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish maqsadida quyidagi turdagi ma’lumotlarni to‘playmiz.
Shuni yodda tutingki, bu biz yig‘ayotgan barcha ehtimol tutilgan ma’lumot turlarining to‘liq ro‘yxatidir, ushbu ma’lumot turlarining ko‘pchiligi sizga deyarli taalluqli bo‘lmaydi. Agar qo‘limizda siz haqingizda qanday ma’lumotlar borligini bilishni istasangiz, shunchaki so‘rang.
Kontakt ma’lumotlari Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari ismlar (jumladan, taxalluslar va oldingi ismlar), rutbalar, pochta manzili, e-pochta manzili, telefon raqami/mobil telefon raqami va tegishli insonlarga (hisob qaydnomangizning vakolatli foydalanuvchilariga) oid kontakt ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.
Umumiy demografiya va psixografiya Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari yosh diapazoni, er-xotinlik va oilaviy ahvol, sotib olishda afzal biladigan sohalar, tillarni bilish, sodiqlik va mukofotlar dasturlari ma’lumotlari, oila demografiyasiga oid ma’lumotlar, ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlar, ta’lim va professional faoliyat haqidagi ma’lumot, hobbilar va qiziqishlar hamda uchinchi tomonlardan olingan moyillik ko‘rsatkichlarini (xarid qilish ehtimoli, hayotiy voqeani qanday boshdan kechirgani kabilarni) o‘z ichiga oladi.
Tranzaksiya va tijorat ma’lumotlari Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari mijozning hisob raqami haqidagi ma’lumotni, malakasi haqidagi ma’lumotlarni, xaridlari tarixi va tegishli qaydlarni (qaytarilgan tovarlar, mahsulotlarga xizmat ko‘rsatilgani to‘g‘rsidagi yozuvlar, kreditlar kabilar), mahsulotlarni yuklab olish, xarid qilish, dasturiy ilovalar to‘g‘risidagi yozuvlarni, iste’molchining kimligini aniqlash uchun to‘plangan nobiometrik ma’lumotlarni (parollar, hisob raqami xavfsizligiga oid savollar) o‘z ichiga oladi.
Takrorlanmas ID’lar va hisob qaydnomasi tafsilotlari Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari takrorlanmas ID raqamini (masalan, mijoz raqami, hisob raqami, obuna raqami, Mukofotlar dasturi raqami), tizim identifikatorlarini (jumladan, foydalanuvchi ismi yoki onlayn identifikatsiya ma’lumotlari), qurilma haqda reklama beruvchilarni, reklama ID’lari va IP-manzillarni o‘z ichiga oladi.
Onlayn va texnik ma’lumotlar Bu internet yoki boshqa elektron tarmoq faoliyati haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: IP-manzil, MAC manzili, SSID’lar yoki boshqa qurilmalar identifikatorlari yoxud doimiy identifikatorlar, internet foydalanuvchisi ID’si, shifrlangan parol, qurilma tavsifnomasi (masalan, brauzer haqida ma’lumot), veb-server jurnallari, dasturiy ilova jurnallari, brauzer orqali saytlarga kirish ma’lumotlari, ko‘rish ma’lumotlari (TV, internetda oqimli ko‘rish), veb-sayt va ilovalardan foydalanish, birinchi tomon cookie fayllari, uchinchi tomon cookie-fayllari, flesh cookie fayllari, Silverlight cookie fayllari, veb-mayoqlar, toza grafikaga oid ma’lumotlarni almashish ma’lumotlari va piksel teglari.
Xulosa ma’lumotlari Bunga ushbu bo‘limda keltirilgan boshqa axborotdan olingan ma’lumotlar kiradi. O‘zaro munosabatlarimiz va tranzaksiyalarga oid ma’lumotlarimizni tahlil qilish orqali biz xulosa va hosil ma’lumotlar unsurlarini yaratamiz. Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari ichki tahlil dasturlari yordamida olingan moyilliklar, atributlar va/yoki baholarni o‘z ichiga oladi.
Aniq geojoylashuv Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari aniq joylashuvni (masalan, geografik kenglik/geografik uzunlik yoki ayrim holatlarda IP-manzil) o‘z ichiga oladi.
Salomatlikka oid ma’lumotlar Qanday to‘planishiga asoslangan ma’lumotlar unsurlariga quyidagilar kiradi:
Iste’molchilar dasturlaridan to‘plangan ma’lumotlar
Salomatlik va kasallik alomatlari haqidagi umumiy ma’lumotlar
Homiladorlikka oid kutilgan sana kabi ma’lumotlar
Siz rozililk bergan Iste’molchilar qiziqishlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar
Jismoniy yoki ruhiy salomatlik, kasallik holati, kasallik tarixi yoki tibbiy davolanish yoki diagnostika, qabul qilingan dori-darmonlarga oid va tegishli ma’lumotlar
Moliyaviy ma’lumotlar Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari bank hisobi raqami, tafsilotlar va to‘lov kartasi haqidagi ma’lumot (masalan, bevosita brendning o‘zidan xaridlar qilganingizda yoki brenddan kredit olganingizda).
Hukumat chiqargan ID’lar Ushbu toifadagi ma’lumotlar unsurlari davlat ID’lari va soliq ID’si (masalan, bizdan ushbu ma’lumotlarni to‘plash talab etiladigan yurisdiksiyalardagi tanlov g‘oliblari uchun).
Audio-vizual ma’lumotlar Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari fotosuratlar, video tasvirlar, nazorat kameralari yozuvlari, call-markazlar yozuvlari va telefon qo‘ng‘iroqlari nazorati yozuvlari va ovozli pochta xabarlarini (masalan, siz obyektlarimizga kelganingiz yoki bizga qo‘ng‘iroq qilayotganingizni o‘rganish uchun) o‘z ichiga oladi.
Aqlli qurilmalar va sensor ma’lumotlari Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari aqlli qurilmalar yozuvlari, “Narsalar interneti” mahsulotlarini (masalan, Oral B’ning dasturiy ilovalarga ulangan tish cho‘tkasi) o‘z ichiga oladi.
Bolalar haqida ma’lumotlar Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari farzandlaringiz soni, ularning taglik o‘lchamlari, jinsi va yoshini o‘z ichiga olishi mumkin.
Biometrik ma’lumotlar Ushbu toifadagi ma’lumotlar elementlari yuzni tanish ma’lumotlari va taqqoslash uchun ishlatiladigan shablon singari (masalan, sog‘liqni saqlash tadqiqotlari uchun) biometrik identifikatoringizning matematik modelini o‘z ichiga oladi. Biz ushbu biometrik ma’lumotlarni shaxsning biz bilan so‘nggi aloqasi vaqtidan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddat saqlab turamiz, bizdan qonunlar yoki tartiblarga amal qilish maqsadida yoki qonuniy manfaatlarimizni amalga oshirish yoki himoya qilish uchun ularni uzoqroq muddat saqlash talab qilinadigan hollar bundan mustasno. Biz bunday biometrik ma’lumotlarni himoya qilish va kerakli hollarda butunlay o‘chirish yoki chiqitga chiqarish uchun tijoriy jihatdan maqbul protokollarni qo‘llaganmiz.
Shaxsiy ma’lumotlarni interneda bolalardan to‘plaganda biz barcha tegishli ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonunlarga amal qilamiz. Masalan, EEA va Buyuk Britaniyada biz 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini bolaga nisbatan ota-onaning javobgarligi egasining roziligisiz to’plamaymiz, bunday pastroq yosh 13 yoshdan kichik bo‘lmaslik sharti bilan mahalliy qonunlar tomonidan pastroq yosh taqdim etilgan hollar bundan mustasno. Xuddi shu kabi AQSh da biz 13 yoshdan kichik bolalardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashda ota-onalarning tasdiqlangan roziligini olamiz.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz daxlsizligi muhim. Shu sababli biz uni yo‘qotish, noto‘g‘ri ishlatish yoki o‘zgartirishdan himoya qilish uchun choralar ko‘rish orqali hurmat qilamiz.
Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hurmat qilamiz va ularni yo‘qotishlar, ruxsatsiz foydalanishlar yoki buzishlardan himoya qilish uchun choralar ko‘ramiz. Zarur bo‘lgan hollarda bu choralar brandmauerlar, buzib kirishlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimlari, o‘ziga xos va murakkab parollar hamda shifrlash kabi texnik himoya vositalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Biz ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar va xatarlarni tanib olish, xodimlarning sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishini cheklab qo‘yish va jismoniy xavfsizlikni ta’minlash, foydalanilmayotgan hujjatlar xavfsizligini tegishli darajada ta’minlash kabi tashkiliy va jismoniy choralarni ham ko‘ramiz.
Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz ular to‘plangan mamlakatdan, jumladan AQSH dan boshqa mamlakatga uzatilishi, u yerda saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin. Masalan, biz sizning ma’lumotlaringizni Qo‘shma Shtatlardagi serverda saqlashimiz mumkin, chunki u aniq bir ma’lumotlar bazasi joylashgan joydir; va bizning marketologlarimizdan biri sizga mahsulot namunasini yuborish uchun Shveytsariyadan ushbu ma’lumotlarga kirganda ushbu ma‘lumotlar yana "uzatilishi" mumkin. EEA va Buyuk Britaniya ma’lumotlari uchun biz ma’lumotlarni bunday uzatishni P&G bo‘linmalari o‘rtasida ham, P&G bilan xizmat ta’minotchilarimiz o‘rtasida ham EEA va Buyuk Britaniyaning tartibga soluvchi organlari sizning ma’lumotlaringiz himoyasini ta’minlash uchun avvaldan ma’qullagan (tipik shartnomaviy qoidalar deb ataluvchi) shartnomali himoya mexanizmlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Agar siz ma’lumotlarni uzatish haqidagi kelishuv nusxasini olishni xohlasangiz, biz bilan bog‘laning. EEA va Buyuk Britaniyaniki bo‘lmagan ma’lumotlar uchun biz ma’lumotlarni bunday uzatishni sizning roziligingiz yoki mahalliy qonunchilik talab qilgan hollarda shartnomalarimizga asoslangan holda amalga oshiramiz.
Biz to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlarning toifalari, shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashning biznes va tijorat maqsadlari hamda biz shaxsiy ma’lumotlarni bo‘lishadigan uchinchi tomonlar toifalari haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun yuqoridagi ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘limiga qarang. Siz Kaliforniya shtatida istiqomat qiladigan kishi sifatida 12 oylik davrda ikki marta biz siz haqingizda so‘nggi 12 oy davomida yiqqan shaxsiy ma’lumotlar haqida quyidagi ma’lumotlarni so‘rab olishingiz mumkin:
biz siz haqingizda yiqqan shaxsiy ma’lumotlar toifalari va muayyan qismlari;
biz shaxsiy ma’lumotlarni yiqqan manbalar toifalari;
biz shaxsiy ma’lumotlarni to‘plaganimiz yoki sotganimizning biznes yoki tijorat maqsadi;
biz shaxsiy ma’lumotlarni bo‘lishgan uchinchi tomonlar toifalari va
biz siz haqingizdagi biznes maqsadida sotgan yoki oshkor qilgan shaxsiy ma’lumotlar toifasi hamda biz ma’lumotlarni biznes maqsadida sotgan yoki oshkor qilgan uchinchi tomonlar toifalari.
Shuningdek, siz o'zingizdan to'plagan ba'zi shaxsiy ma'lumotlarni o'chirib tashlashimizni talab qilish huquqiga egasiz. Umumiy ma'lumotni ochish, biz haqimizda bo'lgan ma'lumotlarga kirish yoki yuqorida aytib o'tilganidek, ma'lumotlaringizni o'chirib qo'yishimizni so'rash uchun biz bilan bog'laning. Yoki har qanday holatda (877) 701-0404 telefon raqami orqali bizga qo‘ng‘iroq qiling. Shaxsiy ma’lumotlaringiz daxlsizligini himoya qilish va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlab turish uchun sizga shaxsiy ma’lumotlaringizga kirishga ruxsat berish yoki ma’lumotlarni o‘chirib tashlash haqidagi iltimosingizni ko‘rib chiqish uchun kimligingizni tasdiqlash boʻyicha qadamlar qo‘yamiz. Iltimosingizni olishimiz bilan sizga e-pochta yoki pochta orqali tasdiqlash shaklini yuboramiz. Iltimosingiz bajarilishi uchun tasdiqlash shaklini olgandan so‘ng unga javob qaytaring. Biz kimligingizni tasdiqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan istalganini berishingizni talab qilishimiz mumkin: Ism, e-pochta manzili, pochta manzili yoki tug‘ilish sanasi. Bundan tashqari, agar siz bizdan shaxsiy ma’lumotlarning muayyan bo‘laklarini berishni so‘rasangiz, biz sizdan shaxsiy ma’lumotlarni olish maqsadida so‘rov berilgan iste’molchi ekaningiz haqida yolg‘on guvohlik berganlik uchun jazolanishingiz mumkinligi haqidagi arizani imzolashni talab qilamiz.
P&G kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlar ularni ichki biznes maqsadlari uchun saqlab turish zarur bo‘lganda va bunga CCPA ruxsat etgan taqdirda (masalan, qalloblikning oldini olish yoki huquqiy me’yorlarni saqlash uchun) shaxsiy ma’lumotlarni o‘chira olmasligini tushunishingiz kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda biz ma’lumotlaringizni yozuvlarni saqlash dasturimizga asosan saqlab turamiz va saqlab turish vaqti tugagach, ularni xavfsiz tarzda o‘chirib tashlaymiz.
Nihoyat, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz sotilishidan voz kechish huquqingiz ham bor. O‘sha huquqdan foydalanish uchun bu yerda biz bilan bog‘laning yoki bizga (877) 701-0404 telefon raqami orqali murojaat qiling.
Ushbu maxfiylik siyosatining so‘nggi marta yangilanish sanasidan oldingi 12 oy mobaynida CCPA’da “sotish” deb ataladigan taomilga ko‘ra shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi tomonlarga qanday berib turganimiz haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyida keltirilgan jadval bilan tanishing. Biz 16 yoshgacha bo‘lgan va balog‘at yoshiga yetmagan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini bila turib sotmaymiz.
Mukofotlar dasturlarini hisob-kitob qilish CCPA’ga asosan nima uchun moliyaviy rag‘batlantirish dasturlari, narxlar yoki xizmatlardagi tafovutlarga qonunda ruxsat berilgani haqida ma’lumot olish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin, bunga yana quyidagilar kiradi: (i) moliyaviy rag‘batlantirishni yoki tafovutli narxlar yoxud xizmatlarni taklif etish uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz qiymatini vijdonan baholash va (ii) shaxsiy ma’lumotlaringiz qiymatini hisoblash uchun biz foydalangan usulni ta’riflab berish. Biz odatda shaxsy ma’lumotlarga pul yoki boshqa qiymat bermaymiz. Biroq Mukofotlar dasturlari, narxlar va xizmatlar tafovutlari kontekstida shunday qiymat berishga majbur bo‘lsak, biz to‘plangan va foydalanilgan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etilgan chegirma yoki moliyaviy rag‘batlantirish qiymatiga teng deb baholaymiz, qiymat hisob-kitobi esa amaliy va vijdonan sa’y-harakatlarga asoslanadi va ko‘pincha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (i) to‘plangan shaxsiy ma’lumotlar toifasi (masalan, ismlar, e-pochta manzillari), (ii) bunday shaxsiy ma’lumotlarni biz va Mukofotlar dasturlari uchun uzatish imkoniyati, (iii) chegirma bilan taklif etilayotgan narx, (iv) Mukofotlar dasturlarimizda ishtirok etayotgan iste’molchilar miqdori va (v) Mukofotlar dasturlari yoki narxlar yoxud xizmatlar tafovuti qo‘llanadigan mahsulot yoki xizmat. Ushbu hujjatda tavsiflangan qiymatni oshkor qilish umumiy mulkimizdan yoki biznesga oid maxfiy ma’lumotlar, jumladan, tijorat sirlaridan voz kechishga mo‘ljallanmagan hamda buxgalterlik hisobi yoki moliyaviy hisob-kitob standartlarining umumqabul qilingan tamoyillariga nisbatan hech qanday ishontirishni ham anglatmaydi.
Kaliforniya shtatining balog‘atga yetmagan aholisi uchun bildiriv Biz 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga o‘z kontentini (masalan, video, sharhlar, holat yangilanishlari yoki tasvirlar) yuklashga imkon beruvchi o‘zaro faol xizmatlarni taklif qilishimiz mumkin. Saytlarimizdagi ko‘rsatmalarga amal qilgan holda bu kontentni istalgan vaqtda olib tashlash yoki o‘chirish mumkin. Agar sizda buni qanday qilish to‘g‘risida savollar bo‘lsa, bizga murojaat qiling. Shuni yodda tutingki, bunday postlardan boshqa kishilar boshqa joyga nusxa ko‘chirishi, yo‘naltirishi yoki joylashtirishi mumkin va biz bunday harakatlar uchun javobgarlikni zimmamizga olmaymiz. Bunday hollarda siz kontentingizni o‘chirish haqida so‘rov yuborish uchun bunday saytlarning egalari bilan bog‘lanishingiz kerak.
Biz ushbu shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi tomonlarning quyidagi toifalariga sotamiz:
Google, Amazon va Facebook singari onlayn platformalar
Bizning DSP’lar (Signallarni raqamli qayta ishlash) singari AdTech kompaniyalarimiz
Ushbu ma’lumotlar maqsadli reklama uchun ulashiladi. Ushbu kompaniyalar o‘sha ma’lumotlardan, platformalari shartlariga asosan o‘z mahsulotlari va xizmatlari sifatini yaxshilash uchun foydalanadi.
Biz ushbu shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi tomonlarning quyidagi toifalariga sotamiz:
Chakana savdo bo‘yicha hamkorlar
Ushbu ma’lumotlar sizning birgalikda marketing qilishga bergan roziligingiza asosan ulashiladi (masalan, Mukofotlar dasturlariga qatnashish maqsadida bog‘lanish uchun)
Biz roziliginiz bilan boshqa ma’lumotlarni ham sotamiz.
Ma’lumotlaringiz sotilishidan voz kechish uchun bu yerni bosing yoki bizga (877) 701-0404 telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling.
Agar siz ichki yozuvlaringizni yangilashimizni, dasturlarimizdagi shaxsiy ma’lumotlaringizni “sotish” deb ta’riflanadigan tarzda uchinchi tomonlarga bermasligimizni istasangiz, mana bu yerni bosing yoki bizga (877) 701-0404 telefon raqami orqali qo‘ng‘iroq qiling.
Shuni esda tutingki, P&G kompaniyasi reklama va birgalikda marketing qilish maqsadlarini ko‘zlab, shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi tomonlarga cookie fayllari yoki kuzatuv texnologiyalari orqali uzatishi mumkin. Veb-saytlarning cookie fayllari kuzatuv va texnologiyalariga tegishli “Sotilmasin” huquqingizdan foydalanish uchun tegishli brend veb-saytiga o‘ting, sahifa pastidagi bizning Kalifiorniya shtatidagi “Sotilmasin” talablar markaziga kiring va o‘zingiz afzal bilgan narsalarni o‘rnating. Chunki ayrim ushbu uchinchi tomonlarning veb-sayt va qurilmalari turlicha ishlaydi, shu sababli siz o‘zingiz foydalanayotgan har bir P&G veb-sayti uchun shu amalni bajarishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
CCPA’ga ko‘ra, siz nomingizdan talabnoma berish uchun vakolatli kishini tayinlashingiz mumkin, biroq vakilingiz tekshirish jarayonidan o‘tishi, jumladan, nomingizdan ish ko‘rish uchun tayinlanganini tasdiqlovchi isbot taqdim etishi kerak bo‘ladi. Vakolatli kishi nomingizdan ma’lumotlarga kirish va ularni o‘chirib tashlashga so‘rov berayotgani uchun biz yana shaxsingizni bizning platformalarda tasdiqlashingizni talab qilishimiz mumkin (yuqorida tavsiflanganiday). Agar CCPA’ga asosan huquqingizdan foydalanishni tanlasangiz, biz sizga tovarlar sotish yoki xizmatlar ko‘rsatishni rad etmaymiz, ularga boshqacha narxlar belgilamaymiz yoki boshqa darajadagi sifatni ta’minlamaymiz.
Oldingi kalendar yilidagi so‘rov ko‘rsatkichlarini ko‘rish uchun bu yerni bosing.
Ushbu bo‘lim faqat EEA mamlakatlari va Buyuk Britaniya rezidentlarining shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlashimizga nisbatan qo‘llaniladi. U EEA va Buyuk Britaniya rezidentlarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashimiz, saqlashimiz va uzatishimizdagi orttirilgan shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning qonunlariga kiritilgan umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi reglament ("GDPR") va 2018-yildagi Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun bilan Buyuk Britaniya qonuniga kiritilgan va Ma’lumotlarni himoya qilish, maxfiylik va elektronik aloqalar (Tuzatishlar va hok.) bilan tuzatish kiritilgan GDPR matni va ruhiga mos keladi (YeI’dan chiqish) to‘g‘risidagi 2019-yilda qabul qilingan reglamentlar.
Turli P&G subyektlari shaxsiy ma’lumotlaringizni nazoratchisi bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar nazoratchisi bu qayta ishlash faoliyatlarini boshqarib turuvchi va ma’lumotlar uchun asosiy javobgar bo‘lgan yuridik shaxsdir. Quyida keltirilgan jadvalda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun ma’lumotlar kontrollerimiz ko‘rsatilgan. Masalan, siz bizning Fransiyadagi veb-saytlarimizdan birida elektron pochta uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda, ushbu mamlakat nomi yonida ko‘rsatilgan P&G subyekti ushbu shaxsiy ma’lumotlarning nazoratchisi bo‘ladi (masalan, Procter & Gamble France SAS).
Mamlakatlar | Ma’lumotlar kontrolleri |
---|---|
Avstriya | Procter & Gamble Austria – Zweigniederlassung der Procter & Gamble GmbH, Wiedner Gürtel 13, 100 Wien |
Bolgariya | Procter & Gamble Bulgaria EOOD, Sofia 1404, Bd. Bulgaria nr. 69, Bulgaria |
Ruminiya | Tanlovlar uchun: Procter & Gamble Distribution SRL, 9-9A Dimitrie Pompei Blvd., Building 2A, District 2, Bucharest 020335, Romania Boshqa joylar uchun: Procter & Gamble Marketing Romania SR, 9-9A Dimitrie Pompei Blvd., Building 2A, District 2, Bucharest 020335, Romania |
Polsha | Procter and Gamble DS Polska sp z o.o., ul. Zabraniecka 20, 03-872 Warszawa, Polsha |
Belgiya | Procter & Gamble Distribution Company (Europe) BVBA P&G Healthcare uchun: P&G Health Belgium BVBA, Temselaan 100, 1853 Strombeek-Bever |
Chexiya Respublikasi | Procter & Gamble Czech Republic s.r.o., 269 01 Rakovnik, Ottova 402, Czech Republic |
Vengriya | Procter & Gamble Magyarország Nagykereskedelmi Kkt, 1082 Budapest, Kisfaludy utca 38., Hungary |
Slovakiya | Procter & Gamble, spol. s.r.o., Einsteinova 24, 851 01 Bratislava, Slovakia |
Xorvatiya | Procter & Gamble d.o.o. za trgovinu, Bani 110, Buzin, 10010 Zagreb, Croatia |
Fransiya | Procter & Gamble France SAS For P&G HealthCare: Procter & Gamble Pharmaceuticals France SAS / P&G Health France SAS 163/165 quai Aulagnier, 92600 Asnières-sur-Seine |
Germaniya | Procter & Gamble Service GmbH, Sulzbacher Strasse 40, 65824 Schwalbach am Taunus P&G Health uchun: P&G Health Germany GmbH, Sulzbacher Strasse 40, 65824 Schwalbach am Taunus |
Gretsiya | P&G Hellas Ltd. 49 Ag. Konstantinou str., 15124 Maroussi – Athens, Greece |
Irlandiya | Procter & Gamble UK, The Heights, Brooklands, Weybridge, Surrey KT13 0XP |
Italiya | Procter & Gamble Srl, viale Giorgio Ribotta 11, 00144 Roma |
Niderlandiya | Procter & Gamble Nederland B.V.,Watermanweg 100, 3067-GG Rotterdam New address as of April 27, 2020: Weena 505, 3013 AL Rotterdam |
Portugaliya | Procter & Gamble Portugal, Productos de Consumo Higiene de Saude, S.A., S.A. Edificio Alvares Cabral 3º, Quinta da Fonte, 2774-527 Paço D'Arcos, Portugal |
Ispaniya | Procter & Gamble España, S.A , Avenida de Bruselas, 24, 28108 Alcobendas, Madrid, Spain |
Buyuk Britaniya | Procter & Gamble UK Seven Seas Limited, The Heights, Brooklands, Weybridge, Surrey KT13 0XP |
Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari | Procter & Gamble International Operations SA, Route de Saint-Georges 47 1213 PETIT-LANCY Geneve |
Odatda sizning ma’lumotlaringizni biz ular to‘planishidan ko‘zlangan maqsadlar uchun yoki qonun talablariga ko‘ra zarur bo‘lgan muddat davomida saqlaymiz. So‘rovlaringizni qanoatlantirish, jumladan sizni marketing xabarlari tarqatmasiga qo‘shmaslik hamda yuridik yoki boshqa majburiyatlarni bajarish uchun ma’lumotlaringizni ko‘rsatilgan saqlash muddatidan ko‘proq muddat saqlab turishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu bo‘limda biz to‘playdigan ma’lumotlarning turlari, ulardan foydalanishimiz maqsadlari, bunday foydalanishning qonunga muvofiqligi (huquqiy asos) hamda bunday ma’lumotlarni odatda qancha vaqt saqlashimiz (saqlash davri) ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlar tipi E-pochta, ism, telefon raqami, pochta, iste’molchilarning shartli guruhi, qiziqishlaringiz, saytlarimiz yoki ilovalarimizga kirish paytidagi xatti-harakatlaringiz, kasbingiz, odatlaringiz, xaridlaringiz, yuklanadigan fotosuratlar va videofayllar, farzandlaringiz va uyingiz, oilangiz tarkibi, oilangizdagi kishilar soni, sochingizning turi, teringiz rangi, sevgan xush bo‘yingiz, uyingizda uy hayvonlarining bor-yo‘qligi, salomatligingiz (masalan, homidorligingiz muddati) haqidagi ma’lumotlar va hok.
Biz nima uchun ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz Sizga mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz yoki hamkorlarimizning mahsulotlari va xizmatlari haqidagi marketing materiallarini yuborish uchun
Huquqiy asos Elektron pochta orqali xatlar, SMS va har qanday maxsus toifadagi ma’lumotlar va biz uni oladigan hollarda pochta xatlari olishga roziligingiz. Boshqa barcha sohalarga tegishli qonuniy manfaatlar (masalan, reklama uchun).
Saqlab turish vaqti Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirishni so‘raguningizcha yoki roziligingizni chaqirib olguningizcha. Agar siz shunday so‘rov bermasangiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz quyidagi grafikka ko‘ra o‘chiriladi:
elektron pochta: barcha axborot uzatish kanallaridagi <50 oylik harakatsizlikdan keyin. Biz bunday harakatsizlikni bir necha ichki mezonlar bo‘yicha aniqlaymiz.
SMS: barcha axborot uzatish kanallaridagi <50 oylik harakatsizlikdan keyin. Biz bunday harakatsizlikni bir necha ichki mezonlar bo‘yicha aniqlaymiz.
pochta manzili: barcha axborot uzatish kanallaridagi <50 oylik harakatsizlikdan keyin. Biz bunday harakatsizlikni bir necha ichki mezonlar bo‘yicha aniqlaymiz.
Ayrim mamlakatlarda ushbu saqlash davrlari mahalliy talablarga ko‘ra qisqaroq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlar tipi Elektron pochta, ism, telefon raqami, ayrim hollarda boshqa ma’lumotlar.
Biz nega ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz Tanlov qatnashchilariga tanlov haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, jumladan tanlov g‘olib(lar)ini e’lon qilish uchun.
Huquqiy asos Shartnomani bajarish.
Hujjatlarni saqlab turish vaqti Agar mahalliy qonunchilik bizdan uzoqroq muddat saqlab turishni talab qilmasa, 24 oy davomida.
Ma’lumotlar tipi Elektron pochta, ism, telefon raqami, to‘lov ma’lumotlar (jumladan, bank hisobi IBAN yoki Paypal to‘lov ma’lumotlari), ayrim hollarda boshqa ma’lumotlar.
Biz nega ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz Sizning mahsulotlarimizni xarid qilishlaringiz, keshbek takliflari yoki kafolatlarni qayta ishlash hamda bunday xaridlar bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xabarlarni yuborish uchun.
Huquqiy asos Shartnomani bajarish.
Hujjatlarni saqlab turish vaqti Agar mahalliy qonunchilik bizdan uzoqroq saqlab turishni talab qilmasa, buyurtmalarni rasmiylashtirish va bunday buyurtmalar bilan bog‘liq ravishda siz bilan bog‘lanish uchun zarur bo‘lgan muddatgacha. Biz yana ma’lumotlarni odatda keshbek takliflari uchun 24 oy va kafolat majburiyatlarini bajarish uchun 10 yil davomida saqlaymiz
Ma’lumotlar tipi Elektron pochta, ism, telefon raqami, ayrim hollarda boshqa ma’lumotlar.
Biz nega ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz So‘rovlaringizni qayta ishlash va siz bilan bog‘lanish uchun hamda qonunchilik va P&G siyosatlari talablariga muvofiq.
Huquqiy asos Bizning iste’molchilar so‘rovlarini boshqarishdagi ishchi manfaatlarimiz hamda sizning ayrim noxush hollarda to‘planishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning alohida toifalarini uzatishga bo‘lgan roziligingiz.
Hujjatlarni saqlab turish vaqti So‘rovning xususiyatiga, ma’lumotlarni qayta ishlashdagi qonuniy manfaatlarimiz va yuridik majburiyatlarimizga bog‘liq ravishda 0 - 10 yilgacha.
Ma’lumotlar tipi Elektron pochta manzili, ism, telefon raqami, manzil, tanituvchi fotosuratlar yoki videoroliklar, ayrim hollarda boshqa ma’lumotlar.
Biz nega ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz Mahsulotlarimiz va iste’molchilarimiz hayotini yaxshilay olishimiz uchun innovatsion ishlanmalarimizni tekshirish va sizning afzalliklaringiz va odatlaringiz haqida ma’lumotlar olish uchun.
Huquqiy asos Sizning roziligingiz.
Hujjatlarni saqlab turish vaqti Biz mavzuli klinik tadqiqotlar doirasida to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarni ularni to‘plashdan ko‘zlangan maqsadlar uchun bizga kerak bo‘ladigan muddatgacha va/yoki bunday saqlash mahalliy qonunlarga yoki me’yorlarga muvofiq talab qilinadigan vaqtgacha saqlaymiz, bunday qonun va me’yorlar 25 yilgacha bo‘lgan saqlash muddatini o‘rnatishi mumkin. Boshqa tadqiqotlar uchun biz sizning asosiy shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘pi bilan 5 yilgacha saqlaymiz. Biz xabardor qilingan rozilik haqida imzolagan hujjatlaringizni saqlaymiz.
Ma’lumotlar tipi Reklamali cookie fayllari, qurilmalarning identifikatorlari, demografik ma’lumotlar, masalan, jins va yosh, xatti-harakatlar haqidagi ma’lumotlar, masalan, sahifalarni ko‘rishlar, ayrim hollarda boshqa ma’lumotlar.
Biz nega ushbu ma’lumotlarni to‘playmiz Sizning Internetdagi qiziqishlaringiz haqida bilish va reklamani sizga maxsus moslashtirish uchun.
Huquqiy asos Biz cookie fayllarini o‘z veb-saytlarimizga joylashtirishga, elektron maxfiylik talablariga asosan, roziligingizni olamiz. Teglarimizni uchinchi tomon veb-saytlariga joylashtirganimizda yoki uchinchi tomon sotuvchilardan ma'lumotlarni sotib olsak, biz sheriklarimiz bizning yorliq joylashtirilishidan yoki ma'lumotlaringiz biz bilan bo'lishmasdan oldin sizning roziligingizni olishlarini talab qiladi.
Ishga qarab, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlashda qonuniy biznes manfaatlarimizga yoki sizning roziligingizga tayanib, har xil media kanallarida sizga tegishli reklama bilan xizmat qilishimiz mumkin.
Hujjatlarni saqlab turish vaqti Biz bu ma’lumotlarni qaysi biri oldin kelishiga bog‘liq ravishda ularni olish vaqtidan boshlab o‘ttiz oy davomida yoki siz rad qilishni rasmiylashtirguningizcha bo‘lgan muddatgacha saqlaymiz.
Hali ham savol yoki xavotiringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz.
Maxfiyligingiz va ma’lumotlarni himoya qilish amaliyotlarimiz to‘g‘risida o‘zingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollar yoki xavotirlar bilan yoki agar siz nogiron bo‘lgan mijoz bo‘lsangiz va sizga bu eslatma muqobil formatda kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga murojaat qiling. Agar sizda ma’lumotlarning gumon qilingan buzilishi kabi ma’lumotlarni himoya qilish xodimimizga oid biror-bir so‘rov bo‘lsa, uni o‘z xabaringizda bayon qiling. Siz 1 Procter & Gamble Plaza, Cincinnati, OH 45202, U.S.A manzili bo‘yicha Ma’lumotlarni himoya qilish xodimimizga (Data Protection Officer) yozishingiz ham mumkin.
Procter & Gamble Ireland, The Graan House, E1 va E14 birliklari, Calmount Business Park, Dublin 12, Irlandiya San'at bo'yicha Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqidagi vakillarimiz sifatida ishtirok etadi. 27 GDPR.